Abstract
Maqolada qoraqalpoq sur qorakól qóylarining gul tiplari va rangbarangliklari bóyicha tirik vazn, seleksion belgilar va irsiy potensialini baholash tadqiq etilgan. Tajribalar natijalari kórsatdiki, ósikgul tipidagi qóylar boshqa gul tiplari bilan solishtirganda buǵozlik davrida statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori tirik vaznga ega. Tadqiqot natijalari qorakól qóylarining samarali seleksiyalash va urchitish, shuningdek ularning mahsuldorlik va irsiy salohiyatidan unumli foydalanish bóyicha tavsiyalar beradi.