Abstract
Ushbu tadqiqot ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarning hissiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning ruhiy salomatligi va hayot sifatiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, psixologik qo‘llab-quvvatlash stressni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Kognitiv-behavioral terapiya va mindfulness dasturlari samarali usullar sifatida aniqlangan. Shuningdek, telepsixologiya va onlayn qo‘llab-quvvatlash guruhlari bemorlarning ruhiy holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.