Abstract
Ushbu tezisda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi hamda sud-tergov amaliyoti asosida jinoyat javobgarligi yoshining huquqiy mohiyati yoritilgan. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan bog‘liq muammolar, xorijiy davlatlar tajribasi, va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqot natijalari jinoyat huquqi subyektining yosh mezonini aniqlashda nazariy asos va amaliy tavsiyalarni beradi