Abstract
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida innovatsion rivojlanish va raqamli transformatsiya jarayonlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yangi bosqichni boshlab berdi. Axborot texnologiyalarini joriy etish orqali biznes jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Shu bilan birga, raqamli boshqaruv tizimlarini tatbiq etish tadbirkorlik subyektlarining innovatsion salohiyatini kuchaytiradi, bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi.