Abstract
Ushbu maqolada murakkab tarkibli turgʻun birikmalar va paremiyalar tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Turgʻun birikmalarning shakliy va maʼno jihatlari, ularning nutqdagi vazifasi hamda milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, paremiyalar – maqol va matallar, hikmatli iboralar xalq donishmandligining ifodasi sifatida koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda turli olimlarning nazariy qarashlari asosida ilmiy izohlar berilgan va misollar orqali mavzu yanada boyitilgan.