Abstract
Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sirining nazariy hamda empirik jihatdan tahlili olib boriladi. Jahon amaliyoti, xususan Yevropa va Xitoy tajribasi raqamli transformatsiya natijasida iqtisodiy o‘sish, bandlik va ekologik samaradorlikning yaxshilanganinidan darak beradi. O‘zbekiston misolida esa “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va IT Park loyihalari asosida raqamli iqtisodiyotning mamlakat modernizatsiyasi va diversifikatsiyasiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Tadqiqot raqamli iqtisodiyot barqaror rivojlanishning muhim omili ekanini ilmiy jihatdan asoslaydi.