Abstract
Ushbu maqolada 7-sinf biologiya darsligidagi “Tirik organizmlarning xilma-xilligi” bo‘limini IMRAT (Ilmiy, Muloqot, Rag‘batlantirish, Amaliy, Tadqiqot) yondashuvi asosida geografiya, kimyo va fizika fanlari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish metodikasi tahlil qilinadi. Maqolada bo‘limning maqsadlari – biologik xilma-xillik, sistematik tasnif, ekologik rollarni chuqur anglash va ekologik ongni shakllantirish; fanlararo bog‘liqlik va ilmiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; o‘quvchilarda ilmiy fikrlash, muloqot, amaliy tajriba va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu yondashuv turli dars resurslari (mikroskop, xaritalar, reagentlar, interaktiv vositalar) va faoliyat turlarini (guruhli ish, eksperiment, loyiha, tadqiqot) o‘z ichiga oladi. Natijada o‘quvchilar fanlararo aloqalarni tushunish, ekologik muammolarga yechim topish va 21-asr kompetensiyalariga ega bo‘lishlari kutiladi.