OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMKORLIGIDA BOLALARNING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Keywords

Ijtimoiy kompetensiya, oila, maktabgacha ta’lim, hamkorlik, ijtimoiylashuv, pedagogik metodika, muloqot, tarbiya.

How to Cite

Xalilova Dilnozaxon Ne'matjon qizi. (2026). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMKORLIGIDA BOLALARNING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. GREAT BRITAIN - SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(20), 36-44. https://e-conferences.org/index.php/GB/article/view/1701

Abstract

Ushbu maqolada oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda bolaning ijtimoiy muhitga moslashuvi, tengdoshlari va kattalar bilan samarali muloqot o‘rnatishi, jamoada o‘zini tutishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi, hamkorlikda faoliyat olib borishi hamda ijtimoiy munosabatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, oilaviy tarbiya muhiti va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jarayonning o‘zaro uzviyligini ta’minlash, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishning ahamiyati asoslangan. Maqolada interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, jamoaviy topshiriqlar va oilaviy pedagogik tadbirlar orqali bolalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, ota-onalarning pedagogik kompetentligini oshirish, bolalarning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida yagona pedagogik yondashuvni shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligiga asoslangan yaxlit pedagogik tizimni shakllantirish orqali bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini samarali rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi.

PDF