Abstract
Mazkur maqolada “Gulshani davlat” asarida qoʻllangan fe’llarning mazmuniy guruhlaridan biri harakat fe’llarning semantik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asarda uchraydigan harakat fe’llarning ot tarkibli qoʻshma fe’l shakllari o‘rganilib, ularning sinonimik qator hosil qilish xususiyati tahlil etilgan. Xususan, yurmoq, oʻrnashmoq va ov qilishma’nolarini anglatuvchi qoʻshma fe’llar aniqlanib, ularning asardagi funksional vazifasi hamda badiiy matndagi uslubiy yuki yoritilgan. Shuningdek, qoʻshma fe’llarning kontekstga bog‘liq holda semantic differensiasiyasi va ma’no nozikliklari o‘rganilib, ularning leksik-semantik tahlili amalga oshirilgan.