Abstract
Bolalar orasida oshqozon-ichak tizimi kasalliklari pediatriyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, ular orasida oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi alohida o‘rin egallaydi. Helicobacter pylori (HP) yuqishining oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri sifatida yuqori ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, ushbu infeksiyani samarali davolash infeksionkasalliklar va gastroenterologiya sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xususan, Rossiya olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida bolalar orasida HP bilan zararlanish darajasi 41,2% dan 86,3% gacha o‘zgarib turadi. Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 3,2% dan 48% gacha, AQSHda esa 24% dan 80% gacha yetadi (SH.T Turdiyeva, E.A. Shamansurova 2024). Simpatik va parasimpatik nerv tizimlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi kasallikning klinik kechishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli yara kasalligi bilan kasallangan bolalarda vegetativ holatni o‘rganish, vegetativ disfunksiya xususiyatlarini aniqlash hamda ularni davolash jarayonida hisobga olish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.