Abstract
Ushbu tezisda koreys xalq ertaklarida axloqiy qadriyatlarning ifodalanishi va bu qadriyatlarning madaniy talqini o‘rganiladi. Maqolada koreys ertaklarining tili, ramzlari va obrazlari orqali yaxshilik, halollik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlar qanday taqdim etilishi tahlil qilinadi. Ertaklar nafaqat axloqiy saboqlarni beradi, balki madaniy qadriyatlarni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari, koreys xalq ertaklarining til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni hamda axloqiy qadriyatlarning madaniyatdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Ertaklar xalqning qadriyatlarini shakllantirishda va jamiyatdagi axloqiy me’yorlarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.