Abstract
Ushbu maqolada maqom yo‘llarida milliy va mahalliy musiqaning boy va rang-barang ohanglari, vazn xususiyatlari, doyra usullari va ashulalarda she’r matnlarini moslab tushira bilish qoidalariga bog‘liq qator tomonlari mujassamlangan. XX asrda maqom san’atining qadimiy o‘choqlaridan bo‘lmish Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent uslublari umumlashtirilib, mushtarak an’ana sifatida ko‘rila boshlandi. Mazkur maqolada maqom va uning ijrochilik uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan.