Abstract
Maqolada maqom xonandaligida ovoz balandligini nazorat qilish muhim jihatlari yoritilgan. Diyafram nafas olish, dinamika diapazoni, tembr va rezonatorlardan foydalanish, sahna akustikasi va mikrofon texnikasi kabi usullar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ovoz balandligini tabiiy va nazorat ostida boshqarish ijroning mukammalligini ta’minlashini ko‘rsatadi. Ushbu maqola maqom xonandalari va musiqashunoslar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.