Abstract
Ushbu ishda diska shakillantirish (presslash) liniyasida texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimini yaratishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Presslash jarayonining asosiy bosqichlari, unda qo‘llaniladigan texnologik parametrlar, ularni real vaqt rejimida nazorat qilish va tartibga solishning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda sensorlar, o‘lchash vositalari, PLC asosidagi boshqaruv moduli, ijrochi mexanizmlar hamda PID-regulyatorlar tizimning asosiy komponentlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Avtomatik boshqaruv tizimi yordamida mahsulot sifatini barqarorlashtirish, energiya sarfini kamaytirish, inson omili ta’sirini minimallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan.