Abstract
Ushbu maqolada geografiya fanini online platformalar orqali o‘qitish jarayoni va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda online ta’limning geografiya fanidagi o‘rni, amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi va dual ta’lim tizimining ahamiyati ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqolada tahliliy, eksperimental va so‘rov metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, natijalarga ko‘ra, interaktiv vositalar yordamida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilim olish jarayonini 35-40% ga oshirishi aniqlangan. Tadqiqot geografiya ta’limida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.