Abstract
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining xalqaro tajribalari hamda O‘zbekistonda uni joriy etishdagi asosiy muammolar va ularning amaliy yechimlari tahlil qilingan. Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya va Xitoyning yashil rivojlanish modellari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan institutsional, moliyaviy va texnologik yechimlar taklif etilgan. Maqola barqaror rivojlanish siyosatini shakllantirishda tizimli yondashuvni ishlab chiqish zaruratini asoslaydi.