Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida ingliz tili o‘qitish sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish masalasi yoritilgan. Xususan, IELTS imtihoni topshiriqlarini milliy o‘quv dasturlariga moslashtirishda duch kelinayotgan asosiy muammolar va ularning amaliy yechimlari tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tili ta’limining mazmuni, o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv resurslarining holati va talabalarning tayanch ko‘nikmalari o‘rganiladi. Shuningdek, milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan IELTS topshiriqlari o‘quvchilarning nutqiy, yozma va eshitib tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida taklif etiladi.