Abstract
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritdiki, buni faqat yurt ravnaqi va taraqqiyotiga befarq kishigina ko‘rmasligi mumkin. Nafaqat ilm-fan, texnologiya, ta’limga katta e’tibor qaratildi, balki milliy qadriyat va an’analarni tiklash borasida ham salmoqli ishlar olib borildi. Shuningdek, milliyligimizning bir qismi bo’lgan joy nomlari, ya‘ni toponimlar ham chetlab o’tilmadi.
Geografik nomlarda tilning sotsial xususiyatlari uning boshqa sathlariga nisbatan o’z ifodasini ko’proq topadi. Demak, mamlakat ijtimoiy hayotida yuz berayotgan hodisalar eng avvalo uning toponimiyasida ko’zga tashlanadi. [1, 22]
Ma‘lumki, sobiq sho’rolar davrida ham mafkuraviy maqsadlarni ko’zlab qo’yilgan ko’plab joy nomlari bizning milliyligimizga yot edi. Shu sababli 1996-yil 31-may sanasida “O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.