TIBBIY DIAGNOSTIKADA FOTON-SANOVCHI KT DAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY YO’NALISHLARI
PDF

Keywords

foton sanovchi kompyuter tomografiyasi,spectral buzilish, detector kalibrlashi, materiallarni tasniflash, spectral korreksiya algoritmlari, tasvir sifatini oshirish

How to Cite

Ro’zmetova M.R. (2026). TIBBIY DIAGNOSTIKADA FOTON-SANOVCHI KT DAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY YO’NALISHLARI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(11), 77-83. http://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/849

Abstract

Ushbu maqolada rentgen foton-sanovchi kompyuter tomografiyasi (FSKT) tizimlarida kuzatiladigan detektor spektral buzilishlarining tasvir sifatiga ta’siri va ularni korreksiyalash usullari o‘rganildi. Spektral buzilishlar – piksel darajasidagi energiya siljishi, puls yig‘ilishi (pulse pile-up) va chiziqsiz javob kabi omillardan kelib chiqib, materiallarni to‘g‘ri tasniflash jarayonida xatolarga sabab bo‘ladi. Tadqiqotda energiya bo‘yicha kalibrlash, fizik modellashtirish va rekonstruksiya algoritmlariga asoslangan korreksiya yondashuvlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, spektral buzilishlarni tuzatish tasvirning energiya bo‘yicha aniqligini oshiradi hamda yumshoq va qattiq to‘qimalarni differensial aniqlashda sezilarli yaxshilanishga olib keladi. Ushbu natijalar foton-sanovchi KT texnologiyasini klinik diagnostikada yanada ishonchli qo‘llash imkonini beradi.

PDF