TUPROQ SHO‘RLANISHINI GEO AXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA BAHOLASH (SIRDARYO VILOYATI XOVOS TUMANI MISOLIDA)
PDF

Keywords

Xovos tumani, tuproq sho‘rlanishi, GAT texnologiyalari

How to Cite

Rashid Kulmatov, Alimov Atabek, & Javohir Abdusamatxo‘jayev. (2026). TUPROQ SHO‘RLANISHINI GEO AXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA BAHOLASH (SIRDARYO VILOYATI XOVOS TUMANI MISOLIDA). USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(11), 36-43. http://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/740

Abstract

Tadqiqot ishida Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida  tuproq sho‘rlanishi holati tahlil qilingan. Tahlillar dala amaliyotlari sharoitida yig‘ilgan ma‘lumotlar asosida olib borilgan va geo axborot tizimlari asosida xaritalashtiriligan. Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olingan; kuchsiz sho‘rlangan maydonlar 73,1% ni tashkil qilgan va  o‘rtacha sho‘rlangan yerlar ham sezilarli (26,75%) ulushga ega ekani aniqlangan. Tadqiqot natijalari Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarining hozirgi meliorativ holati qoniqarsiz ekanini ko‘rsatdi. Bu sharoitda kollektor-drenaj tizimlarini muntazam tozalash, sug‘orish suvining minerallashuv darajasi va miqdorini doimiy monitoring qilish, shuningdek, sho‘r yuvish ishlarini takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot davomida yaratilgan GAT xaritalari sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish va sho‘rlanish jarayonini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

PDF