Abstract
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatida mayjud bo'lgan korrupsion risklarni bartaraf etish va oldini olish strategiyalari tahlil qilinadi. Maqolada O'zbekistonning "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi Qonuni, Prezidentning 2025-yildagi korrupsiyaga qarshi kurash rejasi va xalqaro tajribalar asosida auditorlik sohasida shaffoflik, mustaqillik va hisobot berish tizimini takomillashtirish yo'llari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, korrupsion risklarni kamaytirish uchun qonuniy mexanizmlarni amalda qo'llash bilan birga audit tashkilotlari ichki nazorat tizimlarini ham mustahkamlash zarur.