Abstract
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi yallachilik san’ati, uning kelib chiqish tarixiy ildizlari, ijro uslubi, poetik matni va musiqiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yallalarning xalq og‘zaki ijodi sifatidagi o‘rni, ularning bayram marosimlari va an’anaviy san’atdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ijrochilikda yallachilik san’ati davomiyligi, yoshlar orasida tarqalishi va madaniy identifikatsiyadagi o‘rni ilmiy asosda o‘rganiladi.