Abstract
Keng tarqalgan va jiddiy zarar keltiruvchi dominant turlar kesimida almashlab ekilgan (kartoshka, pomidor, piyoz va sarimsoq piyoz, qovun) maydonlarda zararkunandalar rivojlanishini baholash mezonlari o‘rganildi. Hasharotlar rivojlanishini baholash mezoni sifatida avvalgi mavsumdagi ekin tegishliligi bo‘yicha kartoshka, pomidor, piyoz va sarimsoq, qovun ekilgan holat asos qilib olindi. Ya’ni, avvalgi ekin turi keyingi yilda ham takror ekilsa, shu ekin uchun hasharot rivojlanish darajasi 100% deb belgilandi va boshqa holatlar shu ko‘rsatkichga nisbatan olindi.