Abstract
Ushbu maqolada yolg‘onning oilaviy tizimdagi ijtimoiy va psixologik o‘rni tahlil qilinadi. Yolg‘on insonlar o‘rtasidagi kommunikatsiyada muhim psixologik mexanizm sifatida qaralib, uning oiladagi funksional (munosabatlarni saqlovchi, konfliktni yumshatuvchi) va disfunksional (ishonchni yemiruvchi, emotsional uzoqlikni kuchaytiruvchi) rollari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maqolada shaxslararo psixologik tahlil asosida oilaviy tizimdagi yolg‘onning sabablari, oqibatlari va profilaktik mexanizmlari tahlil qilinadi.