Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining turli xalqaro tashkilotlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda madaniy jabhalardagi serqirra hamkorlik faoliyati tahlil qilinadi. Mamlakatimizning BMT, MDH, SHHT, YI, IHT kabi yirik xalqaro institutlar doirasida amalga oshirayotgan tashabbus va dasturlari yoritiladi. Xalqaro miqyosdagi hamkorlik Oʻzbekistonning global sahnadagi integratsiyasi va barqaror taraqqiyotiga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlanadi.