Abstract
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda faoliyat olib borgan jadidchilik vakillari tomonidan olib borilgan publisistik tashabbus va uning amaliy ko‘rinishi xususida fikr yuritiladi. Jadid publisistikasi ijtimoiy ong uyg‘onishi, millat tafakkuridagi o‘ziga xos yangilanishlarning badiiy in’ikosidir. Ma’rifatchilik g‘oyalarining, xususan, fan, ta’lim, taraqqiyot, xalq birlashuvi kabi masalalarning aynan jadid matbuoti orqali ilgari surilishi borasidagi fikrlar ushbu maqola mohiyatidan o‘rin olgan mavzulardandir. Shuningdek, jadid publisistlari tomonidan nashr ettirilgan publisistik maqolalar ular faoliyat olib borgan davrida millat uyg‘onishi masalalariga qanday yondashuv asoslanganliklarini aks ettiradi.