Abstract
Mazkur maqolada texnokratik ta’lim paradigmasi doirasida talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ijtimoiy faollikni shakllantirishda texnologik muhit, raqamli vositalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hamda innovatsion pedagogik usullar qanday rol o‘ynashi ochib beriladi. Maqolada amaliy model ishlab chiqilgan bo‘lib, u bosqichma-bosqich tushuntiriladi. Ushbu modelning asosiy komponentlari, amalga oshirish mexanizmlari va monitoring vositalari haqida tahliliy ma’lumotlar taqdim etiladi.