Abstract
Maqolada suyuq va eruvchan mahsulotlar qovushqoqligini aniqlashda kapillyar hamda rotatsion usullarning ishlash tamoyillari va tanlash mezonlari yoritiladi. Kapillyar usul suyuqlikning tor naychadan oqishiga, rotatsion usul esa rotorning suyuqlik ichida aylanishiga qarshilik momentini o‘lchashga asoslanadi. O‘lchash natijasiga harorat, asbob geometriyasi, oqim yoki siljish rejimi va kalibrlash holati ta’sir qilishi ko‘rsatiladi.