Abstract
Ushbu tadqiqot ishi doirasida dizel yoqilg’isining moylovchanlik xususiyatini yaxshilashda qo’llaniladigan, yangi sintez qilingan tarkibida oltingugurt atomlarini saqlagan to’yinmagan yog’ kislotalari asosli qo’shimchalarning sintetik dizelga qo’shilganda mahsulotga ta’sirini o’rganildi. Ushbu jarayonda olein kislotasi tarkibiga oltingugurt atomini kirtish orqali tarkibida oltingugurt atomi saqlagan yuqori molikulyar organik kislota hosilalari sintez qilindi. Reaksiya borishi uchun turli nisbatlarda va turli haroratlarda sintez jarayonlari amalga oshirildi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar sintetik GTL dezilida erish hossasi tekshirib ko’rildi. Dezilda yaxshi erigan qo’shimchalarning ASTM D6079-2024 standarti asosida moylovchanlik xossalari tekshirildi.