Abstract
Ushbu maqolada cho‘l va adir zonalari tutashgan hududlarda keng tarqalgan och tusli sur tuproqlarning shakllanish qonuniyatlari, morfogenetik belgilari va agrokimyoviy unumdorlik ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy tuproq-geografik, solishtirma-analitik va fizik-kimyoviy usullardan foydalanilgan. Och tusli sur tuproqlarning mexanik tarkibi, gumus miqdori, yalpi va harakatchan ozuqa elementlari (N, P, K) hamda karbonatlar miqdorining chuqurlik bo‘yicha taqsimlanishi aniqlangan. Maqola soʻnggida global iqlim oʻzgarishi sharoitida ushbu tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.