CD-138 MARKERI EKSPRESSIYASINING ENDOMETRIAL OMILGA BOGʻLIQ BEPUSHTLIKNI DIFFERENSIAL TASHXISLASHDAGI DIAGNOSTIK AHAMIYATI
PDF

Keywords

CD-138, sindekan-1, plazmotsitar infiltratsiya, surunkali endometrit, differensial diagnostika, immunogistokimyo, chegara qiymati, endometrial omil, ayollar bepushtligi, oltin standart

How to Cite

Xodjayeva Dilnoza Bobirovna. (2026). CD-138 MARKERI EKSPRESSIYASINING ENDOMETRIAL OMILGA BOGʻLIQ BEPUSHTLIKNI DIFFERENSIAL TASHXISLASHDAGI DIAGNOSTIK AHAMIYATI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(18), 22-24. http://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/1528

Abstract

Tezisda CD-138 (sindekan-1) immunogistokimyoviy markerining endometrial omilga bogʻliq bepushtlikda surunkali endometritni differensial tashxislashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muammo shundaki, gematoksillin-eozin boʻyogʻida plazma hujayralarini limfotsitlar va stromal fibroblastlardan ishonchli farqlash qiyin, bu esa surunkali endometritning aniqlanmay qolishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadi CD-138 ekspressiyasining nazorat va bepushtlik guruhlarida qanday farqlanishini koʻrsatib, uning differensial-diagnostik chegara qiymatini asoslashdan iborat. Muallifning dissertatsion materialiga asoslangan qiyosiy tahlil usuli qoʻllanildi. CD-138 musbat hujayralar ulushi nazorat guruhida 2,20–3,92% (oʻrtacha 2,88%), bepushtlik guruhida esa 17,27–23,66% (oʻrtacha 20,34%) boʻlib, ikki guruh oraligʻi oʻzaro kesishmadi. Bu asosda amaliy chegara qiymati taklif etildi.

PDF