Abstract
Jahonda global kompression kiyim bozorining hajmi 2023 yilda taxminan 2.5 mlrd dollarni tashkil etib, 2030 yilga kelib 4.1 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda, bu tibbiy va kosmetik segmentlarda mahsulot talabining tez o‘sishini ko‘rsatadi. Kompression mahsulotlarni qo‘llash reabilitatsiya jarayonida shishlarning kamayishiga 60–70 % samaradorlik bilan yordam beradi, shuningdek, reabilitatsiya muddatini o‘rtacha 3–5 kunga qisqartiradi. Biroq amaliyotda keng tarqalgan sintetik iplardan ishlab chiqarilgan kompression bandajlar terining nafas oluvchanligi pastligi, bosimning notekis taqsimlanishi va yuqori namlik xavfi kabi muammolarga duch kelmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sintetik iplar bilan solishtirganda paxta ipi qo‘shilgan mahsulotlar namlikni 30–40 % yuqori singdiradi, teri sog‘lig‘i va gigiyenik xossalarni yaxshilaydi.