TA’LIM JARAYONLARIDA TA’LIM OLUVCHILARNING IJTIMOIY MULOQOT VA O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN TA’LIM MUHITINI YARATISH ZARURATI
PDF

Keywords

ta’lim muhiti, ijtimoiy muloqot, o‘z-o‘zini nazorat qilish, psixologik xavfsizlik, emotsional barqarorlik, kompetensiya, o‘quvchi shaxsi, ruhiy tarbiya

How to Cite

Xolmirzayeva Mahbuba Musurmon qizi. (2026). TA’LIM JARAYONLARIDA TA’LIM OLUVCHILARNING IJTIMOIY MULOQOT VA O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN TA’LIM MUHITINI YARATISH ZARURATI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(17), 7-14. http://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/1461

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muloqot, o‘z-o‘zini nazorat qilish, emotsional barqarorlik va ruhiy himoyalanish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muhitini yaratish zarurati tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamli axborot oqimining kuchayishi, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi hamda oilaviy va ijtimoiy muhitdagi ziddiyatli holatlar bolalar va o‘smirlarning psixologik holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada o‘quvchilarda stress, ishonchsizlik, agressivlik, muloqotdagi qiyinchiliklar va o‘z hissiyotlarini boshqara olmaslik kabi holatlar uchramoqda. Maqolada psixologik xavfsiz ta’lim muhiti mazmuni, uning o‘quvchi shaxsiga ta’siri, xorijiy tajribalar hamda maktab amaliyotiga mos pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi, ichki intizomi va emotsional savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus pedagogik shart-sharoitlarni joriy etish zarurligi asoslab beriladi. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, milliy qadriyatlar va zamonaviy psixologik yondashuvlar birligi barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omili sifatida talqin etiladi.

PDF