Abstract
Maqolada metall kesuvchi, xususan, raqamli dasturli boshqaruv (RDB) tokarlik dastgohlarida ishlov berish aniqligini oshirish masalalari va bu jarayonda avtomatik boshqaruv tizimlarini (ABT) qo‘llash istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqot metodologiyasida RDB dastgohlarini o‘lchamli sozlash (O‘SK) va kesish kuchlarini stabillashtirish (KKSK) konturlaridan iborat ikki konturli ishlov berish aniqligini avtomatik boshqaruv tizimi (IBAABT) bilan jihozlash taklif etilgan