Abstract
Ushbu maqolada yurak transplantatsiyasining zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, uning inson hayotini saqlab qolishdagi ahamiyati hamda duch kelinayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Transplantatsiya operatsiyasi yurak yetishmovchiligi bilan kurashishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Biroq donor organlar tanqisligi, operatsiyadan keyingi immunologik muammolar, davolanish xarajatlari va dini-axloqiy qarashlar bu sohada jiddiy to‘siqlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada bu muammolarga ilmiy va ijtimoiy yondashuvlar asosida yechimlar izlangan. Tadqiqot yurak transplantatsiyasi sohasidagi mavjud imkoniyatlar va cheklovlarni kompleks tahlil qilishga qaratilgan.