Abstract
So‘nggi yillarda global energetika tizimi qayta tiklanuvchi manbalarga o‘tish bosqichida bo‘lib, quyosh energiyasi insoniyat uchun eng istiqbolli, ekologik toza va cheksiz energiya manbasi sifatida ajralib turadi. An’anaviy kremniy (Si) asosidagi quyosh batareyalari bozorda ustunlik qilayotgan bo‘lsa-da, ularning ishlab chiqarish xarajatlari, qayta ishlashdagi murakkablik va qalin qatlam talab etilishi ularni iqtisodiy jihatdan chegaralaydi. Shu sababli tadqiqotchilar arzon, ekologik xavfsiz va mo‘l-ko‘l uchraydigan elementlardan tashkil topgan Cu₂ZnSnS₄ (CZTS) asosidagi yupqa plyonkali quyosh elementlariga e’tibor qaratmoqda.