Abstract
Ushbu maqolada mashinasozlik korxonalarida avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish bosqichlari, ularning texnologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari hamda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarining tuzilmasi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Avtomatlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etishning nazariy asoslari, texnologik jarayonlarni modellashtirish, uskunalarni tanlash, dasturlash va ishga tushirish bosqichlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirishni tizimli joriy etish ishlab chiqarish unumdorligini 25–40 % ga oshirishi, mahsulot sifatini yaxshilashi va energiya sarfini kamaytirishi aniqlangan.