Paxta yetishtirishni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish

Abstract

Paxta dunyodagi eng muhim texnik ekinlardan biri bo‘lib, iqtisodiyotda katta ahamiyatga ega. Paxta o‘sishi va hosildorligiga eng katta ta’sir qiluvchi omillar paxtani ekish va sug‘orish texnologiyasidir [1]. Ekish va sug‘orish tizimini to‘g‘ri tanlash suv tejamkorligi, hosil sifati va tuproq unumdorligiga bevosita ta’sir qiladi. Bugungi kunda paxtani tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida yetishtirish, paxta xom ashyosini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va global iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish uchun qo‘yilayotgan talablariga aynan mos keladi. Bunda chigitning unib chiqishi tezlashadi, tuproq namligi saqlanadi va suv sarfi kamayadi, meniral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalarni tomchilatib sug‘orish tizimi orqali berish va shu yo‘l bilan yonilg‘i-moylash mahsulotlari sarfini kamaytirish imkoni tug‘iladi, paxtaning pishib yetilish jarayoni tezlashib, vegetatsiya davri qisqaradi, hosilni ochiq maydonga ekishga nisbatan ertaroq yig‘ib olish mumkin bo‘ladi, paxta hosildorligi sezilarli darajada ortadi.

PDF