Abstract
Mazkur maqolada alyuminiy qotishmalari qirindilarini qayta ishlash asosida sifatli quymalar olishning innovatsion texnologik usullari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida qirindilarni qayta eritish jarayonining asosiy texnologik parametrlari, jumladan eritish harorati, flyuslardan foydalanish hamda qirindilarni oldindan zichlashning metall chiqishiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, qayta eritilgan alyuminiy qotishmalarining strukturaviy holati va mexanik xossalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari asosida optimal eritish rejimlari aniqlanib, metall yo‘qotilishini kamaytirish hamda quyma sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab berildi. Taklif etilgan texnologik yondashuv resurs tejamkorligi, energiya samaradorligi va ekologik afzalliklari bilan tavsiflanadi.