Abstract
Maqolada polimer materiallarni qayta ishlashdan maqsad, ulardan ma’lum sharoitlarda ishlatiladigan va shu sharoit talablariga javob bera oladigan aniq bir buyum olish va isrofni kamaytirishdan iborat. Bunda albatta ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muhim hisoblanadi. Plastmassalar texnologiyasida plastmassalarni qayta ishlash jarayoni yakunlovchi bosqich bo‘lib, bu bosqichda ma’lum bir buyum olinishi va bu buyum aniq talablarga javob berishi muhim. Shu maqsadda turli usullar kashf qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.