Abstract
Hozirgi kunda boshqariladigan friksion mexanizmlar mashinasozlikda keng qo‘llanilib, ularning ishonchliligi hamda samaradorligi ishqalanish jarayoni va kontakt yuzalardagi yuklanish taqsimotiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Yuqori yuklanish sharoitida kontakt bosimining notekis taqsimlanishi va intensiv yeyilish jarayonlari mexanizmning xizmat muddatini qisqartiruvchi asosiy omillardan biridir. Mazkur muammoni kamaytirishda yuqori mustahkamlik, yeyilishga chidamlilik va termik barqarorlikka ega quyma maxsus qotishmalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.