Abstract
Metallurgiya sanoati zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tayanch tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mashinasozlik, qurilish, transport va energetika sohalarining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metall qotishmalardan quyma mahsulotlar olish texnologiyasi
murakkab shaklli detallarni ishlab chiqarishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon metallni eritish, qolipga quyish va kristallanish orqali kerakli shakl va xossaga ega mahsulot olishga asoslanadi.