EKSKAVATOR TISHLARINING YEYILISH BARDOSHLIGINI OSHIRISHDA 110G13L MARKALI PO’LATGA TERMIK ISHLOV BERISH

Abstract

Konchilik, qurilish va yer qazish sanoatida ishlatiladigan ekskavator tishlari og‘ir ish sharoitida faoliyat yuritadi. Ular tuproq, tosh, shag‘al va boshqa qattiq jinslar bilan doimiy ishqalanishda bo‘lgani sababli tez yeyiladi. Natijada tishlarning geometrik shakli buziladi, xizmat muddati qisqaradi va texnikaning samaradorligi pasayadi. Shu sababli ekskavator tishlarining yeyilish bardoshligini oshirish muhim ilmiy-amaliy masalalardan biridir. 

PDF