Abstract
Avtomatlashtirilgan va moslanuvchan dastgohlarda ishlov berish aniqligi kesuvchi asbobning turg‘unligiga bog‘liq. Kesuvchi asbob eyilgan hollarda ishlov berilgan yuzalarning o‘lchamlari belgilangan chegaralardan chetga chiqadi. Agar asbobning kesuvchi qirrasi singan bo‘lsa, dastgohga ortiqcha kuch ta’sir qiladi. Detallga mexanik ishlov berish aniqligini ta’minlash uchun kesuvchi asbobning turg‘unlik muddatini, uning ishlov berish vaqtida aniq nazorat qiladigan avtomatik boshqarish va hisoblash usullarini va qurilmalarini loyihalash va ishlab chiqish kerak.