Abstract
Mazkur ishda ХН56МВКЮ markali nikel asosli qotishmaning termoplastik deformatsiyalanish jarayonida mikrostrukturaviy o‘zgarishlari o‘rganilgan. Deformatsiya harorati va deformatsiya darajasining qotishmaning ichki tuzilishi hamda mexanik xossalariga ta’siri metallografik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida optimal ishlov berish rejimlari aniqlangan va materialning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.