Abstract
Ushbu maqolada yuqori nikelli qotishmalarni issiq va sovuq prokatlash jarayonida sodir bo‘ladigan qayta kristallanish hodisalari tadqiq etiladi. Kristallanish darajasining qotishma mustahkamligi, plastikligi va korroziyaga bardoshliligi bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari prokatlashning optimal harorat va deformatsiya rejimlarini tanlash uchun xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, nikel miqdori kristallanish tezligi va donalarning o‘lchamiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori nikelli qotishmalarda qayta kristallanish natijasida donalar mayda va bir xil shaklda hosil bo‘ladi. Bu metallning plastiklik darajasini oshiradi, mustahkamlik esa muvozanatli darajada saqlanadi