Abstract
Bronza qotishmasi bu asosan mis (Cu) asosidagi qotishma bo‘lib, tarkibiga qalay (Sn), alyuminiy (Al), kremniy (Si), berilliy (Be) yoki boshqa elementlar qo‘shilishi orqali uning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari sezilarli darajada yaxshilanadi. Bronzalar yuqori mustahkamlik, yeyilishbardoshlilik, korroziyaga bardoshlilik va yaxshi quymakorlik xossalari bilan tavsiflanadi.