Abstract
Metallarga kesib ishlov berishda bir qancha sovutish va moylash texnologiyalari qo’llanilib kelinmoqda va olimlar bu texnologiyalar ustida tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, minimal miqdorda moylash (MQL) texnologiyasi ustida juda ko’p tajriba va ilmiy izlanishlar olib borilgan. Chunki, bu texnologiya boshqa texnologiyalarga qaraganda hozirgi zamon ishlab chiqarish standartlariga mos va shuningdek, iqtisodiy jihatdan tejamkor va samaradorligi yuqori hisoblanadi.
A.R. Rahimi va uning ilmiy jamoasi yuza silliqlash operatsiyasi uchun (MQL) samaradorligini oshirishni o’rgandilar. Yuza silliqlash operatsiyasi uchun kesish suyuqliklarini ko’plab foydali tomonlari bo’lishiga qaramay, ular tabiat va ishchilar uchun bir qancha muammolarni keltirib chiqadi. Jumladan, ifloslanish va kasalliklar. MQL texnikasi odatiy sovutish usullariga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Bu jarayonda mayda suyuqlik zarralari ishlov berish nuqtasiga bosim orqali naychalar yordamida sepiladi [1].