ICHKI YONUV DVIGATELLARIDA BRAUN GAZ GENERATORIDAN FOYDALANISHNING MAQBUL ISHLASH REJIMLARI TAHLILI

Abstract

Bugungi kunda transport vositalarida yonilg‘i samaradorligini oshirish va ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy yoqilg‘ilar yonish jarayonida ko‘plab zararli moddalarni hosil qiladi. Shu sababli qo‘shimcha energiya manbai sifatida vodoroddan foydalanish dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Benzin-havo aralashmasiga qo‘shimcha sifatida vodorod va kislorod aralashmasini kiritish dvigatelning samaradorligini oshirish, yonish jarayonini yaxshilash hamda chiqindi gazlar miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi. Braun gazining optimal miqdori, uzatish usullari va elektron boshqaruv tizimi asosida boshqarish variantlari ko‘rib chiqiladi. Braun gaz — suv elektrolizi natijasida olinadigan vodorod va kislorod aralashmasi bo‘lib, uni dvigatelga qo‘shimcha yonilg‘i sifatida uzatish mumkin. Braun gazining fizik-kimyoviy xususiyatlari, yonish tezligi yuqori, oktan soni yuqori,yonish harorati yuqori, toza yonadi.

PDF