TRANSPORT VOSITALARI KABINA YUZALARINI ISHLAB CHIQISH

Abstract

Avtomobil yoki traktorning mukammal loyihasini yaratish bosqichlari ularni yaratishning asosiy bosqichlariga mos keladi. Yangi avtomobil yoki traktorning yuqori sifati muhandis-dizaynerlik ishlarini bajarmasdan ta’minlanishi mumkin emas [1]. Kuzov yoki kabinaning birorta elementi yuzalarini  ishlab chiqish deganda odatda o‘sha yuzalarni u yoki bu shaklda tasvirlashni tushuniladi. Bunda ishlanayotgan yuza mantiqiy, to‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni ko‘rganda garmoniyali, qonuniy idrok qilinishi kerak. Ko‘rib idrok etish zehnning tabiiy qonunlari bilan shartlangan [2].

PDF